FAQ's

Savol va Javob

Mikroqarzni 18 yoshga to’lgan, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari olishi mumkin.

Mikroqarzni olish uchun veb-saytimiz yoki Telegram-botimiz orqali ariza topshirishingiz va skoring testidan o’tishingiz kerak.

Skoring - bu qarz oluvchining kreditlari mavjud yoki yo’qligini, mavjud kreditlarni to’lash intizomi, uning daromadi majburiyatlarni to’lash uchun yetarli yoki yo’qligini va mikroqarzni olishga ta’sir etuvchi boshqa omillar mavjud yoki mavjud emasligini tekshiruvchi tahlil bo’lib, uning natijasiga ko’ra Qarz oluvchiga skoring ballari beriladi.

Siz yetarli ball to’play olmaganingiz uchun o’ta olmagan bo’lishingiz mumkin, tahlilga ko’ra, sizda qaysidir jihatlardan biri qoniqarsiz chiqqan, bu qoniqarsiz kredit tarixi, muddatiga ko’ra to’lanmagan majburiyatlarning mavjudligi va boshqa omillar sabab bo’lishi mumkin;

Bugungi kunda kompaniyamiz O‘zbekistonning 11 ta yirik shaharlarida, Toshkent, Andijon, Namangan, Fargona, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Termiz, Denov, Navoiy, Urganchda bizning filiallarimiz mavjud.

Qarz bo’yicha har qanday ma’lumotni aniqlashtirish uchun bizga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin. Bizning telegram-botimiz yoki veb-saytimiz orqali ariza topshirishingiz tavsiya etiladi.

Har bir qarz oluvchi biz tomonimizdan alohida o’rganilib chiqiladi. Ko’p hollarda, ma’suliyatli qarz oluvchilar hech qanday muammosiz bizdan qayta-qayta qarz olishlari mumkin bo’ladi.

Biz mablag’ni naqd pul shaklida yoki bank kartangizga o’tkazish yo’li orqali taqdim etamiz.

Buni istalgan to’lov tizimidan foydalangan holda: Payme, Paynet, Apelsin, Click onlayn amalga oshirishingiz yoki bizning ofisimizga tashrif buyurib, kassada naqd pul shaklida to’lashingiz mumkin.

To’lov tizimlari orqali to’lash jarayonida CASH U tizimini toping va qarz raqamingizni kiriting.

Shuningdek, siz istalgan bankda ham to’lovni amalga oshirishingiz mumkin.

- garovsiz mikroqarz olishda uning maksimal muddati - 6 oy;

- transport vositasi yoki ko’chmas mulk ko’rinishidagi garov bilan mikroqarz olishda uning maksimal muddat - 18 oy;

Ha, mikroqarz olishda Qarz qaytaruvchi sifatida uchinchi shaxs - garov bo’lib qatnashishi mumkin;

Ha, siz mikroqarzdan foydalanilgan muddat uchun hisoblangan foizlarni to’lagan holda, olingan mikroqarzni o’zingiz uchun qulay bo’lgan istalgan vaqtda to’lash huquqiga egasiz;

Mikroqarz muddatidan oldin to’langan taqdirda, mikroqarz tashkiloti tomonidan jarima cheklovlari, penya va boshqalar qo’llanilmaydi;

Qarz muddatidan oldin to’langan taqdirda, Qarz oluvchi mikroqarzdan foydalangan kunlar uchun foizlarni va asosiy qarzning qolgan qismini to’laydi;

Afsuski yo’q.

O’zbekiston Respublikasida mikroqarzlarni berishni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxs tomonidan olinadigan mikroqarz miqdori 50 million so’mdan oshmasligi kerak;

Mikroqarzlarni taqdim etish shartlariga ko’ra, shartnoma bo’yicha foiz stavkasi asosiy qarz qoldig’i bo’yicha hisoblanuvchi yillik 70%ni tashkil etadi.

Avtotransport vositasini mikroqarz uchun garov sifatida qo’yilgan taqdirda, transport vositasi sug’urta qilinmaydi, shu sababli, avtomobil sug’urtasi bilan bog’liq harajatlar yuzaga kelmaydi.

Avtomobilni baholash jarayoni bizning mutaxassislarimiz tomonidan bepul amalga oshiriladi.

Avtomobil sug’urtalanmaydi, shuning uchun mikroqarzni olishda sug’urta uchun harajat qilishga hojat bo’lmaydi.

Kompaniyamiz 2019-yilning iyun oyidan buyon o’z faoliyatini yuritib kelmoqda.

«CASH U mikroqarz tashkiloti» MChJ rebrending qilinmoqda, endi 2022-yildan boshlab tashkilotimiz «Yaxshi niyat» savdo nomi ostida faoliyatini davom ettiradi.